Pastdarg‘omlik yoshlar “Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqasining respublika yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Pastdarg‘omlik yoshlar “Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqasining respublika yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Markaziy harbiy okrugning "Sazag‘an" dala-o'quv maydonida yoshlar o‘rtasida "Vatanparvarlar" harbiy-sport musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada viloyatning barcha hududlaridan 16 ta jamoa respublika yo‘llanmasi uchun bahs olib bordi.

Ishtirokchilar “Safda qoʻshiq aytish”, “Mohir mergan”, “Harbiylashtirilgan estafeta”, “Jabrlanuvchiga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish” shartlarida chaqqonlik va mohirliklarini namoyon etgan boʻlsa, “Temur tuzuklari bilimdoni” va “Yoʻl harakati xavfsizligi qoidalari aʻlochisi” shartlari bo‘yicha bilimlarini sinovdan oʻtkazdi.

Musobaqada Pastdarg'om tumanining “Sardor” jamoasi g‘oiblikni qo‘lga kiritib, respublika yo‘llanmasiga ega bo‘ldi. Keyingi o‘rinlar Kattaqo'rg'on tumanining “Qalqon” jamoasi hamda Kattaqo'rg'on shahrining “Temur izdoshlari” jamoasiga nasib etdi.

Shuningdek, musobaqa davomida “Eng yaxshi mergan”, “Eng yaxshi sportchi”, “Amir Temur tuzuklari bilimdoni” nominatsiyalari boʻyicha g‘oliblari aniqlandi.

G‘oliblar tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi.

2015-2024 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM