Pastdarg‘om tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Axmedov Asatulla Berdialievichning “Soliqchi — ko‘makchi” tamoyili asosida avgust oyida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisoboti

 

           Pastdarg‘om tumani tumani davlat soliq inspeksiyasiga avgust oyi uchun byudjet daromadlariga 10 087.1 mlrd so‘mlik reja belgilangan bo‘lib, haqiqatda 10 528.5 mlrd so‘mlik tushum ta’minlandi va prognoz ko‘rsatkichi 104.1  foizga (441, 5 mln so‘m ortig‘i bilan) bajarildi.

         Tadbirkorlarni faoliyatini endi boshlagan hamda faoliyati davomida qiyinchilikka duch kelayotgan tadbirkorlik sub’ektlariga “Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili doirasida yordam berish maqsadida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

        “Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili doirasida shu kungacha          1299 ta tadbirkorlik sub’ekti o‘rganildi. Shundan 1171 tasiga ko‘maklashish zarurligi aniqlandi.

         Jumladan, dastlabki buxgalteriyani yuritishda 393 ta, soliq qarzi to‘g‘risida ma’lumot berishda 653 ta, soliq imtiyozlari va ularni qo‘llash tartiblari bo‘yicha tushuncha berishda 61 ta,  524,1 million so‘mlik boshqa soliq turlaridagi ortiqcha to‘lov summasini qaytarishda 64 ta tadbirkorlik sub’ektiga ko‘maklashildi.

           Masalan, "SAMARQAND AFROSIAB PORTLANDCEMENT" mas’uliyati cheklangan jamiyatiga dastlabki buxgalteriya xisobotlarini topshirishda, "PARVINA SABINA NIGINA 777"  mas’uliyati cheklangan jamiyatiga soliq imtiyozlari va ularni qo‘llash tartiblari bo‘yicha ko‘maklashildi.

            Mamlakatimizda aholini tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilgan holda ularning bandligini ta’minlashga alohida e’tibor berilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyundagi “Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini-o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim hujjat bo‘ldi.

            Ta’kidlash joizki, jismoniy shaxslar o‘zini o‘zi band qilgan sifatida ro‘yxatdan o‘tishi murakkab jarayon emas. Jumladan, bu Soliq mobil ilovasi yoxud soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali amalga oshiriladi. Ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng matritsali shtrix kod (QR-kod)li guvohnoma beriladi. 2022-yilning avgust oyida tumanda o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar soni 870 nafarni tashkil etdi.

 

          Bugungi kunda soliq to‘lovchilarning murojaat va savollariga tezkorlik bilan javob qaytarish maqsadida telegram messenjerida Soliqchi-ko‘makchi Pastdarg‘om DSI” guruhi tashkil qilingan bo‘lib, savol va murojaatlarga tezkorlik bilan javob berib kelinmoqda.

         Shuningdek, +998990093329 raqami orqali Telegram messenjerida yozma murojaat qilish mumkin.

          Soliq tizimida ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni sodda va xalqchil tilda tushuntirishda, ayniqsa, tumanda hali ko‘p ishlarni amalga oshirishimiz lozim. Tuman davlat soliq inspeksiyasida faoliyat yurituvchi barcha darajadagi rahbarlar soliq to‘lovchilarga ko‘mak berishga har doim tayyor. Soliq to‘lovchilar muammolar va savollar bilan bevosita qabulimizga kelib yoki yuqorida ijtimoiy tarmoqlarda ko‘rsatilgan manzil orqali bemalol murojaat qilishi mumkin.

2015-2022 © GOVERNMENT OF PASTDARGOM DISTRICT. Maked by: SAKTRM