Янгиликлар

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlaridagi ilk oltin medalni qo‘lga kiritdi

Uni pastdarg‘omlik Diyora Keldiyorova (-52 kg) dzyudo bo‘yicha o‘tkazilgan finalda BAA vakilasi Bishrelt Xolrudini Golden Score'da mag‘lubiyatga uchratdi va oltin medalni qo‘lga kiritdi. 

Bu O‘zbekiston sport delegatsiyasi uchun mazkur Osiyo o‘yinlaridagi ilk oltin medal bo‘ldi.

Sayyor qabul

Pastdarg‘om tuman 3-sektor rahbari Maruf Qo’ziyevning sektor hududida joylashgan  To’rttom mahalla  fuqarolar yig‘inida aholi uchun navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

Qabul davomida fuqarolarning bandligini ta’minlash,  moddiy yordam, uy-joy ta’miri hamda elektr energiyasi bo‘yicha tushgan murojaatlar yechimi yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi. 

Tuman hokimi yangi tashkil etilayotgan kasb maktablari bilan tanishdi

✔️ Avval xabar berganimizdek, davlatimiz rahbarining maktablarda ikkita xorijiy tilga o‘qitish hamda bitta kasbga o‘rgatish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi topshiriqlari asosida Pastdarg‘om tumanidagi 10 ta umumta’lim maktablarida o‘quvchilarni tikuvchilik, qandolatchilik va sartaroshlik kabi hunarmandchilik turlari bo‘yicha o‘qitish tizimi joriy qilinmoqda. 

Pastdag'omda 10 ta maktabda kasb-hunarga o'qitiladi

Davlatimiz rahbarining maktablarda ikkita xorijiy tilga o‘qitish hamda bitta kasbga o‘rgatish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi topshiriqlari asosida Pastdarg‘om tumanidagi 10 ta umumta’lim maktablarida o‘quvchilarni tikuvchilik, qandolatchilik va sartaroshlik kabi hunarmandchilik turlari bo‘yicha o‘qitish tizimi joriy qilinmoqda.

2015-2023 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM