Янгиликлар

Bugun Pastdarg’omda

Joriy yilning 6 oyi davomida Pastdarg‘om tumanida eng katta xizmatlar hajmi savdo xizmatlari 247 milliard 163,4 million so‘m va transport xizmatlari 220 milliard 202,9 million so‘mga to‘g‘ri keldi.

Shuningdek, eng kichik xizmatlar hajmi esa me’morchilik sohasidagi xizmatlar 2 milliard 459 mllion so‘mga to‘g‘ri keldi.

Tayinlov

Gulmurodova Lobar Ne'matovna — Samarqand viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi Pastdarg'om tumani iqtisodiyot va moliya bo'limi Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini muvofiqlashtirish va nazorat qilish bo'yicha bosh mutaxassisi lavozimiga o‘tkazilgan ochiq mustaqil tanlov g‘olibi. 

Deputatlar yangi faoliyati yo‘lga qo‘yilayotgan maktab o‘quvchilarini kasb-hunarga o‘qitish tizimi bo‘yicha ta’lim muassasalarida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022–2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”dagi faromnidan kelib chiqib, Pastadarg‘om tumanida ham dastur ishlab chiqilgan. Unda kasbiy ta’lim va kasbga o‘qitish sifatini ta’minlash tizimi talablariga to‘liq javob beradigan namunaviy professional  ta’lim muassasalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish belgilangan.

Joriy yilning o'tgan olti oy davomida xizmatlar ishlab chiqarish hajmi 802,3 milliard so‘mni tashkil qildi

Xizmatlar sohasini rivojlantirish ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda mamlakatda olib borilayotgan bozor islohotlari jamiyatni rivojlantirishning eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini hal qilishda xizmat ko‘rsatish sohasining rolini oshirishga katta ta’sir ko‘rsatadi. Xizmatlarning xilma-xilligi aholining katta qismini hayot sifatini va farovonligini yaxshilash imkonini beradi. 

2015-2023 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM