Янгиликлар

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlaridagi ilk oltin medalni qo‘lga kiritdi

Uni pastdarg‘omlik Diyora Keldiyorova (-52 kg) dzyudo bo‘yicha o‘tkazilgan finalda BAA vakilasi Bishrelt Xolrudini Golden Score'da mag‘lubiyatga uchratdi va oltin medalni qo‘lga kiritdi. 

Bu O‘zbekiston sport delegatsiyasi uchun mazkur Osiyo o‘yinlaridagi ilk oltin medal bo‘ldi.

Olti qahramondagi obodonlashtirish ishlari muhokama qilindi

Pastdarg‘om tumanining Olti qahramon mahallasida "Obod xonadon", "Obod ko‘cha" va "Obod mahalla" dasturi asosida hududni obod maskanga aylantirish ishlari qizgin olib borilmoqda. Tuman hokimi Vahobjon Murodqobilov ushbu mahallada bo’lib, tegishli mas’ullar ishtirokida ish jarayonini muhokama qildi.

2015-2023 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM