Янгиликлар

Samarqand mahallasi fuqarolarning orzusi ushaldi

Xalqimizda yo‘l qurgan savob degan gap bor. Bugun Pastdarg‘omda ko‘plab xayirli ishlar amalga oshirilmoqda bir mahallada asfalt yotqizish ishlari olib borilayotgan bo‘lsa, boshqa bir mahallaning ichki tuproq yo‘llari shag‘al-toshga aylantirilmoqda.

Jumladan, tumanning Samarqand mahallasi ichki yo'llarining 760 metr qismida asfalt yotqizilmoqda. 

Faol ayollar ishtirokida davra suhbati

Pastdarg‘om tumanidagi Madaniyat uyida  tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi va tuman Oqila ayollar  harakati hamkorligida Mustaqilligimizning 32 bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni munosib tarzda o‘tkazish maqsadida “Ijtimoiy-siyosiy, huquqiy-ma’naviy yetuk xotin-qizlar - oila va jamiyat taraqqiyoti kafolatidir” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Unda Oqila ayollar harakati tuman faollari, deputatlar, faol ayollar vakillari ishtirok etishdi.

Harbiylar va yoshlar uchrashuvi

Yoshlarini harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ayniqsa, harbiy sohaga qiziquvchi yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida Pastdarg‘om tumanining Yangiobod mahallasi yoshlari va xarbiylar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Unda Samarqand harbiy garnizoni,  526-safarbarlik chaqiruv rezervi hamda 37239-harbiy qismi harbiylari mahalla yoshlari ishtirok etdi.

Fuqarolarni noqonuniy yo‘llar bilan AQSHga yubormoqchi bo‘lgan yana bir shaxs qo‘lga olindi

Qonunlar inson huquq va erkinliklarini himoya qilish uchun yaratilgan, ularni chetlab o‘tib, o‘zining ham o‘zgalarning ham taqdiriga daxl qilish uchun emas. Ammo, afsuski, hamma ham buni anglayvermaydi. Bugun tez-tez uchrayotganimiz noqonuniy yo‘llar bilan xorijga chiqishda fuqarolarga "ko‘maklashib" kelayotgan shaxslar ham o‘z kelajaklariga rahna solibgina qolmay, o‘zgalarning ham hayotini xavf ostiga qo‘yishmoqda.

2015-2023 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM