Sayyor qabul
Tue, 14/03/2023 - 16:48Pastdargʼom tumani 2-sektor hududidagi "Turkman" mahallasida joylashgan 37-maktab binosida tuman prokurori E.Аxmedjonov hamda masʼul tashkilot xodimlari ishtirokida navbatdagi sayyor qabul oʼtkazildi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan ichki yullarni shagʼallashtirish, uy-joylarini kadastr ruyxatidan oʼtkazish, ichimlik suvi va boshqa masalalar boʼyicha murojaatlar kelib tushdi.