Янгиликлар

Muammo bartaraf etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Pastdarg‘om tumanida joylashgan 55-umumta’lim maktabning chiqindixonasida chiqindi olib chiqib ketilmayotganligi bo‘yicha videolavha e’lon qilinda. Holat tuman “toza hudud” xodimlari tomonidan bartaraf qilindi.

Murojaat ortidan

Ijtimoiy tarmoqlarda Pastdarg‘om tumani Hovuzak mahallasi Ravnaq ko‘chasining ta’mirtalabligidan shikoyat qilingan videolavha elon qilindi.  Holat mas’ullar ishtirokida joyiga borib o‘rganildi. Fevral oyida ko‘chani shag‘allashtirish belgilab olindi.

Tayinlov

Qulmamatov Bahtiyor Muhiddinovich – O‘zbekiston mahallalar uyushmasi Samarqand viloyati Pastdarg’om tumani bo‘limi rahbari vazifasiga tayinlandi.

Oila va xotin-qizlar bo'limi mahalla xotin-qizlar faollari

Pastdarg'om tumani Go'zalkent  mahallasida "Obod xonadon", "Obod ko‘cha", "Obod mahalla" me'zonlarini joriy etishda olib borilayotgan ishlar davomida, Oila va xotin-qizlar bo'limi mahalla xotin-qizlar faollari, oqila ayollar va ko‘cha boshi ayollar bilan hamkorlikda aholi xonadonlarini obodonlashtirish va  xonadon gigiyenasi bo‘yicha tushuntirish hamda targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

2015-2024 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM