Янгиликлар

Muammo o'rganilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Pastdarg‘om tumani “Turkman” mahallasidagi 37-sonli maktabga olib boruvchi yo‘l 1.5 km.li 2023 yilda “Tashabbusli byudjet” doirasida ta’mirlanishi belgilangani, buyurtmachi korxona bilan shartnoma tuzilgani, biroq ta’mirlanmay qolgani tanqid qilingan.   Haqiqiy holat mas’ullar ishtirokida joyiga borib o‘rganilmoqda, kelgusida batafsil ma’lumot berib o‘tamiz.

Sayyor qabul

Pastdarg‘om tuman prokurori E.Axmedjonovning Qozoq Nayman mahallasida fuqarolar muammolarini tizimli hal etish maqsadida sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.

Qabul davomida aholi tomonidan ishga joylashish, moddiy yordam va shu kabi masalalar yuzasidan murojaatlar tinglandi.

Sayyor qabul

Pastdarg‘om tumani 3-sektor rahbari Maruf Qo‘ziyev tomonidan sektori hududida joylashgan Istiqbol mahallasida sayyor qabul o'tkazildi.

Unda sektor rahbari fuqarolar yechim istab kelgan murojaatlarini tinglab, ularning ijobiy hal etilish bo‘yicha yechim izlandi.

Huquqbuzarliklar profilaktikasi

Pastdarg‘om tumani IIB mas’ul xodimlari tomonidan huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni doirasida mahallalarda jinoyatlarning barvaqt oldini olishga qaratilgan tushuntirish targ‘ibot tadbirlari olib borildi. 

Mazkur tadbir doirasida Yangi yil bayramini munosib kutib olish, turli ko‘rinishdagi xuquqbuzarliklar sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha aholi o‘rtasida suhbatlar o‘tkazildi.

2015-2024 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM