
Pastdarg`om tumani IIB boshligʼi podpolkovnik M.Qo`ziyev tomonidan tumandagi kriminogen vaziyat, xodimlar oʼrtasidagi xizmat intizomi, aholi murojaatlari bilan ishlash ahvoli muhokama qilindi.
Unda tuman IIB rahbariyati va shaxsiy tarkibi ishtirok etdi. Kun tartibidagi joriy yilning oʼtgan davri mobaynida viloyat hududida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurash borasida amalga oshirilgan ishlar, yoʼl qoʼyilgan kamchiliklar hamda shaxsiy tarkib oʼrtasida xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etish borasidagi ustuvor vazifalar atroflicha muhokama qilinib, kelgusidagi vazifalar belgilandi.