Sektor rahbari tadbirkorlar muammolarini o‘rgandi

Pastdarg‘om tumani 2-sektor rahbari E.Ahmedjonov hamda tuman hokimining o‘rinbosari Aziz Gʻafurov tumanda faoliyat ko‘rsatayotgan yirik eksportchi korxonalar rahbarlari bilan uchrashib, ularning muammolarini o‘rgandi.

Jumladan, tumanning Kamolot mahallasida joylashgan "Darg‘om parranda fayz" MCHJda ham bo‘ldi. Ushbu korxona 2011 yilda tashkil etilgan bo‘lib, faoliyati naslli jo‘ja va tuhum yetishtirishga ixtisoslashgan. Korxonaning yillik quvvati 6,84 million dona tuhum yetishtirish quvvatiga ega. Yetishtirilgan mahsulotlar asosan xorijiy davlatlarga eksport qilinadi.

Korxona tomonidan joriy yil boshidan shu kunga qadar  633,64 ming dollarlik naslli tuhum va jo‘jalar eksport qilingan, eksport hajmini yil yakuniga qadar 1 million dollarga yetkazish rejalashtirilgan, asosiy hamkor Afg‘oniston davlati.

 

2015-2023 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM