
Pastdarg’om tumanidagi 18-maktabda Mang'itobod, Parchaqora, Parchachandir hamda Novchandir mahalla fuqoralari uchun sayyor qabul tashkil qilindi.
Pastdarg'om tuman Jinoyat ishlari bo'yicha sudi raisi Alisher Haydarov, Fuqorolik sudi raisi Olmos Boltayev, Iqtisodiy sud raisi Luqmon Asadov, tuman Adliya bo'lim boshlig'i Farhod Zaripov, 4-sektor rahbari Asatullo Ahmedov, 14-Sharq yulduzi saylov okrugidan saylangan tuman kengashi deputati, sud-xuquq masalalari bo'yicha doimiy komissiya raisi Nodir Do’smuratov ishtirok etgan uchrashuvda fuqarolarning jinoyatchilikning oldini olish, fuqoralarni huquqiy savodxonligini oshirish, nikohdan erta ajrimlarning oldini olish, aliment masalalari, fuqoroligi bo'lmagan shaxslarga fuqorolik berish tartibi bo'yicha va boshqa masalalar yuzasidan murojaatlari tinglandi.