Investitsiya

 Pastdarg‘om tumanida 2022-yilda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar va davlat kafolati ostida bo‘lmagan xorijiy kredit mablag‘lari ishtirokida jami 5 ta loyihalar hisobiga 3,8 million dollarlik investisiyalar o‘zlashtirildi.

Shundan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar qiymati 3,5 million dollarni va xorijiy kreditlar 300 ming dollarni tashkil etdi.

Jumladan, tumanning “Kamolot” mahallasida joylashgan “Rainbow Agriscience” MCHJ QK korxonasi negizida “O‘simliklarni himoya qilish vositalari savdo xizmatini tashkil qilish loyhasi” doirasida 2 million dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar o‘zlashtirildi.
 

2015-2024 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM