“Sudya va yoshlar” targʼibot uchrashuvi 

 

Pastdargʼom tumanidagi 3-son kasb-hunar maktabida “Inson huquqlari” haftaligi doirasida “Inson huquqlari - oliy qadriyat” mavzusida “Sudya va yoshlar” targʼibot uchrashuvi oʼtkazildi.

Unda Jinoyat ishlari boʼyicha Pastdargʼom tuman sudining raisi А.Mamarahimov, tuman hokimining xotin-qizlar masalalari boʼyicha oʼrinbosari N.Qoraeva, tuman adliya boʼlimi boshligʼi F.Zarifov, Yoshlar ishlari agentligi tuman boʼlimi boshligʼi Sh.Boʼranov hamda tuman IIB xodimlari ishtirok etdi. 

Tadbirda soʼzga chiqqanlar bugun yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, imtiyozlar yuzasidan toʼxtalib oʼtildi. Shuningdek, yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda mavjud muammolarni oʼrganib, ularni hal etish borasida davra suhbati oʼtkazildi. Uchrashuv davomida yoshlar oʼzlarini qiziqtirgan savollariga masʼullardan javob olishdi.

2015-2024 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM