Pastdargʼomlik yoshlar respublikada ikkinchi

13-16 yoshli oʼsmirlar oʼrtasida sportning stol tennisi turi boʼyicha tashkil etilgan «Mahalla kubogi» respublika turnirining respublika bosqichi boʼlib oʼtdi.

Unda Samarqand viloyati sharafini Pastdargʼom tumani Jovul Qosim mahalla fuqarolar yigʼinida joylashgan 3-umumtaʼlim maktabining 9-sinf oʼquvchilari Diyorbek Sultonov hamda Jasmina Oʼrolovalar himoya qildi.

Qizgʼin va murosasiz oʼtgan baxslardan soʼng Diyorbek va Jasmina ikkinchi oʼrinni qoʼlga kiritdi. 
Musobaqa soʼnggida gʼoliblarga tashkilotchilarning faxriy yorliq hamda qimmatbaho sovgʼalari topshirildi.

2015-2024 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM