Maktabdagi muammolar mas'ullar e'tiborida

Ommaviy axbotot vositalari orqali Pastdarg‘om tumani xalq ta'limi bo‘limiga qarashli 19-umumiy o‘rta ta'lim maktabining ta'mirtalab ahvoldaligi bunga mas'ullar befarq qarayotganligi, o‘quvchilar esa sovuq xonalarda ta'lim olayotganligi to‘g‘risida xabar e'lon qilindi.

Haqiqatdan ham tumandagi 19-maktab 1971-yilda foydalanishga topshirilgan bo‘lib, hozirgi kunda ta'mirtalab ahvolda. Ammo tuman bo‘yicha mana shunday ta'mirtalab ahvoldagi 10 ta maktab bo‘lib, ularning holati og‘irligiga qarab, 2023-yilgi Investitsiya dasturiga 3 ta maktab kiritildi. 19-maktab ta'miri 2024-yilgi investitsiya dasturiga kiritilishi rejalashtirilgan.

Ayni paytda maktabda gaz bosimi yaxshi o‘quv xonalari sovuq emas. Maktabning o‘quv binosidagi ta'mirtalab eshiklar almashtirilmoqda. Eslatib o‘tamiz, Pastdarg‘om tumanidagi 16 ta maktabga 2022-yil joriy ta'mirlash uchun jami 3 mlrd. 273 mln. ajratilib ta'mirlangan. Bundan tashqari kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish uchun 772 millionga 88 dona (50-150 kvtgacha bo‘lgan quvvatdagi qozonlar) isitish qozonlari 35 ta maktabga, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish mobaynida 53 millionga (489 dona 20 kilogrammlik) imulsiya buyoqlari xarid qilinib, tumandagi barcha ta'lim muassasalariga yetkazilgan. 

Tumandagi 19-maktabga 5 dona 20 kilogrammlik imulsiya buyoqlari tarqatilgan. Ushbu maktab Investitsiya davlat dasturi doirasida rekonstruktsiya qilinishi uchun 2019, 2022, 2023-yillar mobaynida takliflar berilgan.
 

2015-2024 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM