Pastdarg‘om tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Axmedov Asatulla Berdialiyevichning “Soliqchi - ko‘makchi” tamoyili asosida dekabr oyida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisoboti

         Pastdarg‘om tumani davlat soliq inspeksiyasiga joriy yilning 4-choragi uchun byudjet daromadlariga 32.2 mlrd. so‘mlik reja belgilangan. Haqiqatda esa 33.7 mlrd. so‘mlik tushum ta’minlandi va prognoz ko‘rsatkichi 104.7 foizga (1.5 mlrd. so‘m ortig‘i bilan) bajarildi.

         Jumladan: joriy yilning 4-choragi uchun aylanmadan olinadigan soliq to‘lovi bo‘yicha reja 2010.0 mln so‘m, haqiqatda 2055.0 mln. so‘m ( 102.3 foiz)ga bajarilganini ta’kidlash joiz.

          Dekabr oyi uchun byudjet daromadlariga 10.1 mlrd. so‘mlik reja belgilangan. Haqiqatda esa 10.2 mlrd. so‘mlik tushum ta’minlandi va prognoz ko‘rsatkichi 101.0 foizga bajarildi.

          Joriy yilning dekabr oyida 82 ta tadbirkorlik sub’ektiga dastlabki buxgalteriyani yuritish, 4 tasiga 69.5  mln. so‘mlik boshqa soliq turlaridagi ortiqcha to‘lovini qaytarish,  211 tasiga E-aktiv, E-ijara, E-imtiyoz avtomatlashtirilgan tizimlaridan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘mak berildi.

         Tuman bo‘yicha joriy yil dekabr holatiga 1440  nafar jismoniy shaxs o‘zini o‘zi band qilganini qayd etish lozim. Sohalar kesimida bu borada xizmat ko‘rsatish sohasi ya’ni tikish-bichish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqarolar  yetakchilik qildi. Jumladan, ushbu yo‘nalishda 293 nafar fuqaro o‘zini o‘zi band qilib, faoliyat yuritishni boshladi.

          Telegram messenjeridagi “Soliqchi-ko‘makchi Pastdarg‘om DSI”  guruhi orqali soliq to‘lovchilarning murojaatlari va savollariga malakali mutaxassislar tomonidan tezkorlik bilan javob qaytarilmoqda. Masalan, dekabr oyida  16 ga yaqin savollarga atroflicha javob berildi.

2015-2024 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM