
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi "Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ 92-sonli qarori ijrosini ta'minlash yuzasidan.
Yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish bo‘yicha mahalladagi yoshlar o‘rtasida Besh tashabbus olimpiadasining 2-mavsumiga start berilgan edi. Bunda sportning "Milliy kurashl" turi bo‘yicha 107 ta mahalla bosqichida g‘olib bo‘lgan yoshlar sektor bosqichida ishtirok etishdi.
Musobaqa 2-sektor mahallalari o‘rtasida 1-IDUMIda bo‘lib o‘tdi. Unda 16-26 yoshdagi mahalla yoshlari vazin toifalarida o‘zaro kuch sinashishdi.