USTOZ NURONIYLAR E'TIBORDA

 

 Pastdarg‘om tumanida “Keksalarni e’zozlash, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish – halqimizga xos ezgu fazilat” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan “Keksalar haftaligi” doirasida nuroniylar bilan uchrashuvlar, davra suhbatlari tashkil etilmoqda. 

 Jumladan bugun Pastdarg‘om tumani Xalq ta'limi bo‘limi mudiri N.Saparova ustoz nuroniylar xolidan habar olish maqsadida ularning xonadonida bo‘ldi. Uzoq yillar davomida ta'lim sohasida xizmat qilgan nuroniylar bilan kechgan iliq suhbat davomida,  bugungi kunda yurtimiz ravnaqi yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar xususida so‘z bordi. Shuningdek esdalik sovg‘alari topshirildi.

Bu kabi tadbirlar tumanimizning barcha hududlarida davom etmoqda.
 

2015-2024 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM