Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Pastdarg‘om tumanidagi Do‘rmonsoy mahallasida mahalla raisligiga bo‘lgan saylov jarayonlariga oid “Mahalla raisi saylanadimi yoki tayinlanadimi” mazmunidagi video tarqaldi. Ushbu videoda Do‘rmonsoy mahallasining bir necha fuqarolari saylov notug‘ri o‘tganligi, raislikka nomzodlar kimlar ekanligi va ularning ro‘yxatini juda kech bilganligini aytib o‘zlarining noroziligini bildirgan.

Mazkur tanqidiy videotasvirdagi vaziyatga aniqlik kiritish maqsadida Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi tuman  komissiyasi joyida o‘rganish o‘tkazildi.

Shuni ma’lum qilamizki Do‘rmonsoy mahallasi raisligiga saylov jarayoni 2022-yil 17-may kuni belgilangan vaqtda o‘tkazilgan. Saylovda 2 ta nomzod qatnashgan bular Eshonqulov Abduvahob va Mamatov Samandar. Do‘rmonsoy mahalla fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovini o‘tkazish komissiyasi tomonidan  Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risidagi Qonunning 18-moddasidagi (Tashkilotchilik qobiliyatiga, hayotiy tajribaga va aholi o‘rtasida obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan fuqarolar, qoida tariqasida, fuqarolarning vakillari bo‘lishi mumkin) talablarga to‘liq rioya qilgan holda mahalladagi 18 ta ko‘chalaridan jami 18 yoshdan oshgan fuqarolarning 12 foizi 157 nafar vakil saylab olingan. Sayloda ushbu vakillarning 103 nafari ya’ni vakillarning 3/2 qismi qatnashgan, qonunchilikka asosan saylov o‘tdi deb hisoblanadi va 103 nafar vakil raislikka nomzodlarga yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘z ovozini bergan.

Yashirin ovoz berish natijalariga ko‘ra 31 ta byuliten yaroqli emas deb topilgan, nomzodlardan Eshonqulov Abduvahob 14 ta ovoz va Mamatov Samandar 58 ta ovoz to‘plagan.

“Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasiga muvofiq, fuqarolar vakillarining yig‘ilish qaroriga asosan Mamatov Samandar Xolmuradovich Do‘rmonsoy fuqarolar yig‘ini raisi etib saylangan.

Mahalla fuqarolar yig'ini rais (oqsoqoli)ligiga nomzodlar e'lon qilinmaganligi nomzodlardan xabari yo'qligi bo'yicha: Tumandagi mavjud 107 ta mahalla fuqarolar yig'ini raisligiga nomzodlar Qonunning 5-moddasiga asosan (Fuqarolar yig'ini raisi (oqsoqoli) saylovini tashkil etish va o'tkazishda oshkoralik) Samarqand viloyat mahalla va nuroniylarni qo'llab-quvvatlash boshqarmasining VEB SAYTIGA sammoqqb.uz  10 kun oldin to'liq joylashtirilgan. Shuningdek tuman hokimligining facebook dagi sahifasiga hamda telegram kanallarida to'liq saylov grafigi va nomzodlar e'lon qilib borilganligi ma'lum bo'ldi.

Shuningdek yuqorida aytilgan videoda mahalla fuqarolari ushbu mahallaning eski raisi Umirov Ubaydulloni nomzodi qo’yilmaganligini vaj qilib chiqishgan. Umirov Ubaydullo ma’lumoti o’rta maxsus bo’lganligi va nafaqaga chiqishi munosabati bilan ko’maklashuvchi Ishchi guruh tomonidan nomzodligi ro’yxatga olinmagan.

Saylov jarayon qonuniy shaffof e’tirozlarsiz o’tganligi bo’yicha video va foto lavhalar mavjud, Saylov jarayoni to’liq video tasvirga olingan. Youtube ijtimoiy tarmog’ida saylov jarayoni noqonuniy o’tganligi haqida videoni keng ommaga tarqatgan bloggerga shuni ma’lum qilamizki, saylov jarayonini aslida qanday o’tganligini bilmasdan jurnalistik surushturuvlar o’tkazmasdan uni tarqatish jurnalistikani etika-estetika qonun qoidalariga umuman to’g’ri kelmaydi

2015-2024 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM