insurez
23-10-2025 09:57

ZULFIYAXONIM IZDOSHLARI O‘ZARO BELLASHDI


Kuni kecha, tumanimizdagi O‘zbekiston badiiy akademiya tasarrufdagi Samarqand Ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab internatida “ZULFIYA” nomidagi davlat mukofotining tuman bosqichi tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu nufuzli mukofot uchun 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli, tashabbuskor, zukko pastdarg‘omlik xotin-qizlar fan, taʼlim, adabiyot, madaniyat, sanʼat, sport, axborot-texnologiyalari, jamoatchilik yo‘nalishida o‘z bilim va iqtidorlarini namoyon qilishdi.  

Saralash bosqichida faxrli birinchi o‘rinni olgan Zulfiyaxonim izdoshlari mazkur tanlovning viloyat bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.

Teglar
- -