"ZULFIYA" NOMIDAGI DAVLAT MUKOFOTINING PASTDARG'OM TUMAN BOSQICHI TANLOVIGA MARHAMAT!
Hurmatli tumanimiz xotin-qizlari!
Joriy yilning 22-oktyabr kuni soat 10:00 da Pastdarg'om tumani Turon mahallasida joylashgan O‘zbekiston badiiy akademiya tasarrufdagi Samarqand Ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab internatida "ZULFIYA" nomidagi davlat mukofotining tuman bosqichi tanlovi bo‘lib o‘tadi.
Ushbu nufuzli mukofot 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan eng iqtidorli, aʼlo xulqli, zukko, tashabbuskor xotin-qizlarga quyidagi yo‘nalishlarda erishgan yutuqlari uchun beriladi:
Fan yo‘nalishi bo‘yicha;
Taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha;
Adabiyot yo‘nalishi bo‘yicha;
Madaniyat yo‘nalishi bo‘yicha;
Sanʼat (tasviriy, amaliy, bezak, dizaynerlik) yo‘nalishlari bo‘yicha;
Sport yo‘nalishi bo‘yicha;
Axborot texnologiyalari yo‘nalishi bo‘yicha;
Jamoatchilik yo‘nalishi bo‘yicha.
Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli xotin-qizlar Pastdarg'om tumani oila va xotin-qizlar bo‘limiga murojaat qilishlarini so‘raymiz.
Murojaat uchun telefon:
+998889738486




