insurez
19-08-2025 18:35

ZORMON MFY YОSHLARI VA FUQAROLARI UCHUN SAYYOR QABUL


Maʼlumki, Pastdarg‘om tumanida aholi turmush tarzini yana-da yaxshilash, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash va ularga yechim topish maqsadida muntazam ravishda sayyor qabullar o‘tkazib kelinmoqda.

Zormon mahallasida o‘tkazilgan navbatdagi yoshlar va fuqarolar uchun sayyor qabulda tuman hokimi Sh.Rahmonov, IIB boshlig‘i hamda tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

Qabul davomida yoshlar va fuqarolar tomonidan kontrakt to‘lovi uchun ko‘mak, dehqonchilik qilish uchun yer, kredit, soliq kabi turli murojaatlar kelib tushdi.

Aksariyat masalalarga joyida yechim topilgan bo‘lsa, muddat talab etiladiganlari ijrosini taʼminlash maqsadida tegishli mutasaddilarga yo‘naltirildi.

Shuningdek, jinoyatchilikni oldini olish, mahallada barqaror muhitni shakllantirish, yoshlar o‘rtasida "qalqon guruhlari" faoliyatini kuchaytirish masalalari xususida so‘z yuritildi.

Teglar
- -