ZANGIBOYI MFYDA SAYYOR QABUL
Maʼlumki, Pastdarg‘om tumanida aholi turmush tarzini yana-da yaxshilash, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash va ularga yechim topish maqsadida muntazam ravishda sayyor qabullar o‘tkazib kelinmoqda.
Zangiboyi mahallasidagi Chinor choyxonasi hovlisida o‘tkazilayotgan navbatdagi sayyor qabulda tuman hokimi Sh.Rahmonov, tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, soliq inspeksiyasi boshlig‘i, tuman hokimining o‘rinbosarlari va tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirok etmoqda.
Hozirga qadar 30 dan ortiq fuqarolar tomonidan kadastr, suv, kredit, soliq kabi turli murojaatlar kelib tushdi.
Aksariyat masalalarga joyida yechim topilgan bo‘lsa, muddat talab etiladiganlari ijrosini taʼminlash maqsadida tegishli mutasaddilarga yo‘naltirildi.
Hurmatli fuqarolar! Sayyor qabulda ishtirok etib, o‘zingizni qiynayotgan muammo va takliflaringizni bildiring.
Qabulga tashrif buyurish imkoniyati bo‘lmagan fuqarolar tuman hokimining xizmat telefon raqamiga telegram orqali murojaat yo‘llashlari mumkin.
998950271071