insurez
26-11-2025 20:55

YURTIMIZ BO‘YLAB SAYOHATLAR


Tumandagi ijtimoiy himoya reestriga kiritilgan fuqarolar, kam taʼminlanganlar, o‘zgalar parvarishiga muhtoj keksa pensionerlar va nogironligi bo‘lgan tumandoshlarimiz uchun yurtimiz bo‘ylab sayohatlar tashkil etilmoqda.

“Nuroniy” tashabbusi bilan tashkil etilayotgan sayohat ishtirokchilar maroqli hordiq olish barobarida, bir olam taassurot va tariximiz xususidagi bilimlarga ega bo‘lmoqda.

Bunday tashriflarning asosiy maqsadi – yurtdoshlarimizga maroqli dam olish, quvonch va yangi taassurotlar ulashish, yurtimizda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishtirish, tarixiy obidalarimiz hamda muqaddas maskanlarimizni ziyorat qilish imkoniyatini yaratishdir.

Teglar
- -