insurez
03-04-2025 18:10

YURT POSBONINING VOLIDASI EʼTIROF ETILDI


Pastdarg‘om tumani Yuqori Bog‘onali mahallasida tug‘ilgan Chori Nuraliyev O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlarida vatanimiz tinchligi, Xalqimiz osoyishtaligini himoya qilishdek o‘ta mashaqqatli va sharafli burchini ado etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi himoyachisi ekanligini teran anglab, harbiy unvonini sharaf bilan oqlab, yurtimiz mustaqilligi, xavfsizligi, chegaramiz sarhadlari daxlsizligini taʼminlashda o‘zining vatanparvarligi va kasbiga bo‘lgan fidoiyligi bilan harbiy xizmatchilarga o‘rnak bo‘lib kelayotgan tumandoshimizning onasi Shoira Ahmedova Navro‘z ayyomi munosabati bilan "Vatan himoyachisining Onajoniga" deb nomlangan ko‘krak nishoni va tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

El-yurtiga va xalqiga munosib xizmat qiladigan farzandni voyaga yetkazish hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari tomonidan qilingan bu kabi yuksak eʼtibor, eʼtirofga erishish har bir o‘zbek onasiga nasib aylasin!

Teglar
- -