insurez
24-06-2025 16:15

YОSHLARI HAR TOMONLAMA YETUK DAVLATNING ISTIQBOLI YORUG‘


Tuman hokimi Sh.Rahmonov tegishli o‘rinbosar va tashkilotlar rahbarlari hamrohligida Boldir mahallasida istiqomat qiluvchi yosh avlod vakillari hamda shu hududda yashovchi faol fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda mavjud muammo, kamchiliklar o‘rganilishi barobarida, yoshlar taʼlim-tarbiyasiga eʼtiborni kuchaytirish, jinoyatchilikni oldini olish, bandligini taʼminlash, oliy taʼlimga qamrab olish, kasb-hunarga o‘qitish va har bir ishsiz yoshni sohasi, yo‘nalishi hamda salohiyatiga ko‘ra bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish borasida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilandi.

Bundan tashqari, mahalla hududini obodonlashtirish, gulzorlashtirish, xavfsiz muhitni shakllantirish, uyushqoqlik bilan hasharlar tashkil qilib, hududlar, guzarlar, ko‘chalar va qabristonlarni obod qilish masalasiga ham alohida eʼtibor qaratildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida Boldir MFYlik yosh X.Imomov tomonidan shu mahalladagi 5-umumtaʼlim maktabining 1965-yilda qurilgan va hozirda yaroqsiz bo‘lgan eski binosidan unumli foydalanish va uni taʼlim-tarbiya maskaniga aylantirish yuzasidan qilgan taklifiga ko‘ra, joyida o‘rganish olib borildi.

O‘rganish davomida ushbu bino auksion savdolariga chiqarilgani va tadbirkor tomonidan yutib olingani, binodan o‘quv markazi hamda DXSH asosida 100 o‘rinli bog‘cha faoliyatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilayotgani maʼlum bo‘ldi.

Yosh tadbirkor o‘z faoliyatini boshlashi uchun kredit olish bo‘yicha qilgan murojaati tuman hokimi tomonidan nazoratga olinib, unga PQ62-sonli qaror asosida yoshlar tadbirkorligi rivojlantirish maqsadida ajratilayotgan imtiyozli kredit mablag‘larini olish tavsiya etildi hamda bu borada boshqa qonun doirasidagi ko‘maklar ko‘rsatilishi ham belgilab olindi.

Teglar
- -