insurez
14-03-2025 15:09

YOSHLAR TADBIRKORLIGINI RIVOJLANTIRISH BO'YICHA SEMINAR


Pastdarg'om tumanida yurtboshimizning 2025-yil 14-fevraldagi "Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish va bandligini ta'minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 62-sonli qarori yuzasidan o‘quv seminari o'tkazildi.

Viloyat "Aloqa Bank" xodimlari, mahallalardagi hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari ishtirok etgan seminarda yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, kredit va moliyaviy imkoniyatlardan samarali foydalanish, davlat dasturlari orqali imtiyozli moliyaviy resurslarga ega bo‘lish yo‘nalishlari bo‘yicha muhim ma’lumotlar berildi.

Bank vakillari tadbirkorlik faoliyatini boshlash va rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar bilan o‘rtoqlashdi.

Mazkur seminar yoshlarning biznes sohasidagi bilimlarini oshirish, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik uchun yanada keng imkoniyatlar yaratish hamda moliyaviy savodxonligini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Teglar
- -