"YОSHLAR SHTABI"NING JORIY YILDAGI VAZIFALARI BELGILANDI
Tuman hokimi Sh.Rahmonov, tuman DXX rahbariyati hamrohligida “og‘ir” toifadagi va "otaliqqa olingan yoshlar" bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish shtabining joriy yilda bajariladigan muhim vazifalar yuzasidan muhokama uchrashuvi o‘tkazildi.
Uchrashuvda, har bir masʼul o‘ziga biriktirilgan pastdarg‘omlik yoshlar bilan muntazam aloqani yo‘lga qo‘yishi, ularning taʼlim-tarbiyasi, qiziqishlari, muammolari va kelgusidagi rejalari bo‘yicha individual ishlashi xususida so‘z yuritilib, bu boradagi aniq vazifalar belgilab olindi.
Shuningdek, mutasaddilarga ushbu masalada sovuqqonlik va eʼtiborsizlikka yo‘l qo‘ymaslik hamda o‘ziga bildirilgan yuksak ishonchni suiisteʼmol qilmaslik bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Bundan tashqari, muhokamada shtab aʼzolarining faoliyati, majburiyatlari va joriy yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalariga ham alohida to‘xtalib o‘tildi.




