YOSHLAR MASALASI DOIMIY E'TIBORDA
Davlatimiz rahbarining yoshlarimizga alohida eʼtibor va gʻamxoʻrligi tufayli sohada mutlaqo yangi tizim yaratilib, bu borada ulkan ijobiy o'zgarishlar ro'y bermoqda.
Pastdargʻom tumanida ham "Alohida ishlash talab etiladigan yoshlarni vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat ishtirokidagi korxona va tashkilotlar rahbarlariga biriktirish orqali qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida" muhokama yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Tumandagi alohida ishlash talab etiladigan 1 485 nafar ishsiz yoshlar 7 nafar viloyat , 40 nafar tuman rahbarlariga biriktirildi.
Shuningdek, jinoyatchilikka moyilligi boʻlgan 11 toifaga mansub yoshlar prokuratura, IIB, Mudofaa, FVB, Adliya boʻlimlariga biriktirildi.
Yigʻilishda tuman hokimi tomonidan biriktirilgan yoshlarga har tomonlama koʻmak koʻrsatish boʻyicha "Yoʻl xarita"lar ishlab chiqish topshirigʻi berildi.