YОSHLAR MASALALARI DOIMIY DIQQAT MARKAZIDA
Tuman hokimi Sh.Rahmonov, DXX tuman masʼuli va tuman prokurori hamkorligida "Yoshlar shtabi" aʼzolari hamda og‘ir toifadagi va ishsiz yoshlarga biriktirilgan tashkilotlar rahbarlari bilan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi.
Uchrashuvda, har bir masʼul o‘ziga biriktirilgan yoshlar bilan muntazam aloqani yo‘lga qo‘yish, ularning taʼlim-tarbiyasi, qiziqishlari, muammolari va kelgusidagi rejalari bo‘yicha individual ishlash borasida olib borayotgan ishlari tanqidiy tahlil etildi.
Bu borada sovuqqonlik va eʼtiborsizlikka yo‘l qo‘ygan hamda o‘ziga bildirilgan yuksak ishonchni suiisteʼmol qilayotgan mutasaddilar harakatlari tanqid ostiga olinib, qatʼiy ogohlantirildi.
Shuningdek, muhokamada shtab aʼzolarining faoliyati, majburiyatlari va joriy yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalari yuzasidan so‘z yuritildi.
Bundan tashqari, mahallada faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchilarining amalga oshirgan ishlarini shtab aʼzolari bilan belgilangan tartibda monitoring qilib borish va haftada bir marta muhokama qilish lozimligi taʼkidlandi.