insurez
26-07-2025 17:38

YОSHLAR BILAN ISHLASH HOLATI TAHLIL QILINDI


Tuman hokimi Sh.Rahmonov, viloyat hokimi o‘rinbosari H.To‘xtayev, DXX masʼul xodimi, tegishli mutasaddilar, mahalla raislari, yoshlar yetakchilari, masʼul korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida, "Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha tuzilgan tuman komissiyasi yig‘ilishi" bo‘lib o‘tdi.

Unda kun tartibidagi muhim masalalar atroflicha muhokama etilib, yoshlar bilan ishlashda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar yuzasidan topshiriqlar berildi.

Jumladan, tumanda yoshlarga berilayotgan eʼtibor, ishsiz yoshlarning bandligini taʼminlash, otaliqqa olingan yoshlar bilan ishlash, muammolarini o‘rganish, kelgusidagi maqsadlari bilan qiziqish, jinoyatchilik yo‘liga kirib qolganlarini to‘g‘ri yo‘lga qaytarish kabi masalalar muhokama etildi.

Tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tgan yig‘ilishda yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik holati, ish bilan taʼminlashda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar, ularga ajratilgan yerlardan unumli foydalanilmayotganlari bo‘yicha aniq maʼlumotlar keltirilib, sustkashlikka yo‘l qo‘ygan, zimmasiga yuklatilgan masʼuliyatni his qilmayotgan masʼullar qatʼiy ogohlantirildi.

Teglar
- -