insurez
21-05-2025 14:01

YOSHLAR BILAN ISHLASH HOLATI O'RGNILMOQDA


Ayni kunlarda Pastdarg‘om tumanidagi mahallalarda yoshlar bilan ishlash holatini o'rganish, ularning muammolariga tizimli yechim topish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bo'yicha Respublika ishchi guruhi tomonidan o'rganish olib bormoqda.

Ishchi guruh vakillari dastlab "Yoshlar shtabi" faoliyati bilan tanishib, so'ng ularning bandligini taʼminlash va tadbirkorlikka yo‘naltirish maqsadida bajarilayotgan ishlarni ko'zdan kechirdi.

Xususan, PQ-62-sonli qaror ijrosini taʼminlash maqsadida 21 nafar yoshlarga ajratilgan imtiyozli kredit mablag‘lari hisobiga yo'lga qo'yilgan ishlar joylarda o'rganildi.

Jumladan, Temirxo'ja mahallasida yashovchi O'.Jo'raqulovaning imtiyozli kredit asosida yo'lga qo'ygan tikuvchilik faoliyati, Furqat MFY fuqarosi Z.Davronova tomonidan imtiyozli kredit hisobiga ishga tushirilgan sutni qayta ishlash sexi kabi bir qator yoshlarning tadbirkorlik faoliyati bilan tanishildi.

Respublika ishchi guruhi tomonidan olib borilayotgan o'rganishlar tuman bo'ylab davom etadi.

Teglar
- -