insurez
21-10-2025 17:44

YОSHLAR BILAN ISHLASH HOLATI TAHLIL QILINDI


Tuman hokimi Sh.Rahmonov, DXX masʼullari, prokuror, IIB boshlig‘i, tegishli o‘rinbosar, masʼul korxona va tashkilotlar rahbarlarining mahallalardagi yoshlar yetakchilari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda kun tartibidagi muhim masalalar atroflicha muhokama etilib, yoshlar bilan ishlashda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar yuzasidan topshiriqlar berildi.

Jumladan, yoshlaring bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, "Besh tashabbus olimpiadasi"da erishilgan natijalar tahlili, mahalla yoshlarini kitobxonlikka jalb qilish, otaliqqa olingan yoshlar bilan ishlash, muammolarini o‘rganish, kelgusidagi maqsadlari bilan qiziqish, jinoyatchilik yo‘liga kirib qolganlarini to‘g‘ri yo‘lga qaytarish kabi masalalar muhokama etildi.

Tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tgan yig‘ilishda yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish va ish bilan taʼminlashda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar, xulqida o‘zgarish bo‘lgan yoshlar bilan ishlash, ijtimoiy profilaktik qo‘shma xulosalarni yakunlash bo‘yicha aniq maʼlumotlar keltirilib, sustkashlikka yo‘l qo‘ygan, zimmasiga yuklatilgan masʼuliyatni his qilmayotgan masʼullar qatʼiy ogohlantirildi.

Teglar
- -