YOSH QUTQARUVCHI MUSOBAQASI O‘TKAZILDI
Pastdarg‘om tumanida "Yosh qutqaruvchi” musobaqasining tuman bosqichi o‘tkazildi
Pastdarg‘om tumani FVB hamda tegishli tashkilotlar hamkorligida kasb-hunar va umumiy o‘rta taʼlim maktablari o‘rtasida "Yosh qutqaruvchi” ko‘ngillilar klublari musobaqasining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.
O‘quvchi yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, favqulodda vaziyat yuz berganda to‘g‘ri harakat qilish, o‘zi hamda o‘zgalarga yordam berish, bilim, malaka va ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida tashkil etilgan musobaqalarda jamoalar 5 ta shart bo‘yicha g‘oliblik uchun o‘zaro bellashishdi.
Natijalarga ko‘ra, Pastdarg‘om tumani 2-son politexnikumi 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Musobaqaning viloyat bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan g‘olib jamoalar va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.