insurez
11-04-2025 09:05

YO‘L BELGILARI VA SVETOFORLAR TAʼMIRLANMOQDA


Pastdarg‘om tumanida yo‘llar infratuzilmasini yana-da yaxshilash, haydovchi va yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, “Bog‘ishamol” muntazam yo‘llardan foydalanish korxonasi davlat muassasasi tomonidan D065 “Samarqand-Juma-Kattaqo‘rg‘on” avtomobil yo‘lining 5-38-kilometrlari oralig‘ida joylashgan yo‘l belgilari, svetoforlar va bekatlar qayta taʼmirlanmoqda.

Xususan, ushbu yo‘ldagi tumanimiz hududiga o‘rnatilgan mavjud 210 dona yo‘l belgisining 60 donasi hamda 22 svetoforlarning 10 donasi to‘liq taʼmirlab bo‘lindi.

Bu kabi ishlar tumanimiz bo‘ylab barcha hududlardagi yo‘llarda navbati bilan amalga oshiriladi.

Teglar
- -