insurez
19-02-2025 16:47

YIRIK LOGISTIK MARKAZ LOYIHASI KELISHILMOQDA


Pastdarg‘om tumani hokimi boshchiligidagi delegatsiya Shanxay provinsiyasida rasmiy tashrif bilan bo‘lib, Pudun tumanining Erkin savdo zonasidagi kompaniyalar faoliyati bilan tanishgani va hamkorlik muzokaralarini olib borgani xususida xabar qilgan edik.

Muzokaralar davomida, kompaniya rahbarlari Pastdarg‘om tumanida ham, xalqaro savdo operatsiyalari, logistika va import-eksport bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalarni tashkil etish taklifini ilgari surishgani hamda yaqin vaqt ichida korxona mas‘ullarining tumanimizga tashrif buyurishi va korxona loyihasi uchun yer maydonlarini ajratish masalalari ko‘rib chiqilishi ko‘zda tutilgani ham sizlarga ma'lum.

Shunga ko'ra, bugun Gao Weihua xonim boshchiligidagi Xitoy davlati delegatsiyasi tumanimizga tashrif buyurdi.

Tuman hokimi Sh.Rahmonov tegishli o‘rinbosar hamrohligida investorlar bilan uchrashib, kelgusi rejalar xususida muzokara o‘tkazdi.

Bunda, Xitoy davlatining "Indra group Limited" kompaniyasi hamkorligida tumanimiz hududida yirik xalqaro logistik kompaniya tashkil etishga doir dastlabki kelishuvlarga erishildi.

Muzokaralar davom etadi va bu boradagi natijalar bo'yicha sizlarga xabar qilib boramiz.

Teglar
- -