insurez
07-02-2025 12:47

"YASHIL MAKON" UMUMMILLIY LOYIHASIGA START BERILDI


Pastdarg‘om tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasining bahorgi mavsumi doirasida keng miqyosdagi ishlar boshlandi.

Aholi birdamligida uyushqoqlik bilan o‘tkazilayotgan bu kabi ishlarga tashkilot va korxonalar masʼullari ham befarq bo‘lmagan holda tashabbus ko‘rsatyapti.

Jumladan, tuman hokimi Sh.Rahmonov sektor rahbarlari, korxona va tashkilotlar vakillari hamda xalq faollari ishtirokida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari boshlangan Bahor mahallasidagi bo‘sh turgan yer maydoniga 1000 tupga yaqin mevali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.

Bu kabi ishlar tuman bo‘ylab barcha mahallalar, xonadonlar, tashkilot va idoralarda, fermer hamda dehqon xo'jaligi maydonlarida davom etadi.

Hurmatli fuqarolar, siz ham o‘zingiz yashayotgan hududda hamda faoliyat olib borayotgan ishxonangizda ko‘chat o‘tqazib, yashil makon yaratishdek xayrli ishlarga o‘z hissangizni qo‘shing.

Teglar
- -