insurez
04-04-2025 18:21

YANGI USLUB VA TEXNOLOGIYALAR - YANGI IMKONIYATLAR


Tumanimizda boshqa sohalar qatori qishloq xo‘jaligining barcha tarmoqlarini yana-da rivojlantirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, g‘o‘za yetishtirish bo‘yicha ham yangi texnologiyalar asosida ish olib borilib, samarali yangi navlardan foydalanilyapti.

Xususan, tumanda 2025-yil paxta hosili uchun 13 095 gektar yer maydoniga chigit ekib parvarishlanishi maqsad qilingan bo‘lib, bunda tajribadan o‘tgan Xitoy davlatining Xinlu Zao-78 va Xinlu Zao-57 kabi xorijiy navlarini yetishtirish rejalashtirilgan.

Ayni paytda barcha fermer xo‘jaliklarida chigit ekish ishlari jadal tus olgan bo‘lib, jumladan g‘o‘za urug‘lari xitoy uslubida ham yerga qadalmoqda.

Yuqorida keltirilgan rasmlarda Zarafshon MMTP hududidagi Tepa fermer xo‘jaligida davom etayotgan xitoy uslubida chigit ekish jarayoni aks etgan.

Teglar
- -