insurez
27-02-2025 20:40

YANGI QURILAYOTGAN IJTIMOIY SOHA OBYEKTLARI O‘RGANILDI


Pastdarg‘om tumanida joriy yilda investitsiya mablag‘lari asosida 54 milliard 600 million so‘m mablag‘ evaziga, 14 ta ijtimoiy soha obyektlari, jumladan 12 ta umumiy o‘rta taʼlim maktabi, 1 ta DMTT va 1 ta oilaviy poliklinikalar bunyod etilishi rejalashtirilgan.

Tuman hokimi Sh.Rahmonov tegishli o‘rinbosar, mahalla masʼullari, qurilish sohasi mutasaddilari hamrohligida mazkur loyihalar doirasida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi.

Dastlab, Nayman mahallasidagi 56-maktabda 3 milliard 300 million so‘m mablag‘ evaziga bunyod etilayotgan 300 o‘rinli qo‘shimcha bino holati va qurilish sifatini ko‘zdan kechirdi.

Keyingi manzil 4 milliard 700 million so‘m mablag‘ hisobiga barpo bo‘layotgan Mang‘itobod mahallasida joylashgan 18-maktabning 540 o‘rinli yangi qo‘shimcha binosi bo‘ldi.

Bunda, pudratchi tadbirkorlarni qiynayotgan masalalar o‘rganilib, qurilish meʼyorlari va shaharsozlik talablariga mos ish olib borish, bunyodkorlik ishlarini o‘z muddatida sifatli holatda yakunlash borasida tavsiya, ko‘rsatmalar berildi.

Teglar
- -