YANGI O‘ZBEKISTONNING ONALARI, XOTIN-QIZLARI EʼZOZDA
Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-apreldagi qarori asosida “Moʻtabar ayol” ko‘krak nishoni taʼsis etilgan.
Davlat boshqaruv Akademiyasida Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan ushbu mukofot bilan taqdirlanganlarni taqdirlash tadbiri o‘tkazildi.
Unda, 333 nafar ayollarga “Moʻtabar ayol” ko‘krak nishoni topshirildi.
Quvonarlisi, ular orasida tumanimiz vakilasi Olimpiada chempioni Diyora Keldiyorovaning onasi Sharipova Dilorom Isomiddinovna ham bor.
Dilorom Isomiddinovnani ushbu eʼtirof bilan muborakbod etamiz!