“Yangi Oʻzbekiston — Olimpiya cho‘qqilari sari!”
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun oʻtkazilayotgan “Yangi Oʻzbekiston — Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqalarining mintaqaviy bosqichi o'tkazildi.
Unda Pastdargʻom tumani vakillari ham munosib ishtirok etib, yuqori natijalarni qo'lga kiritdi.
Jumladan, sportning stol tennisi yoʻnalishi boʻyicha,
Sabrina Baxtiyorova — 1-oʻrinni
Ravshan Xayrullayev — 2-oʻrinni
Umidaoy Mahmudova — 3-oʻrinni
Oybek Saʼdullayev — 3-oʻrinni egalladi.
Sportning boks turi bo‘yicha esa,
Shamshod Elmurodov — 1-o'ringa
Sherdorbek Hamdamov — 1-o'ringa,
Ruslan Sheraliyev — 2-o'ringa,
Umidjon Elmurodov — 3-o'ringa,
Parviz Zaripov — 3-o'ringa loyiq ko'rildi.
Sportchilarimizni ushbu munosib gʻalabalar bilan samimiy tabriklab, musobaqaning keyingi bosqichlarida ham yanada yuksak natijalarga erishishlarini tilaymiz!