YANGI O‘QUV MAVSUMIGA TAYYORMIZ(MI?)
Tuman hokimi Sh.Rahmonov, Maktabgacha va maktab ta’limi bo'limi binosida tegishli o‘rinbosar hamda mutasaddilar ishtirokida, tumandagi ta'lim dargohlari rahbarlari, jamoalari va ularga biriktirilgan vakillar bilan zoom platformasi orqali uchrashuv o‘tkazmoqda.
Bunda, kun tartibidagi asosiy masalalar, jumladan, maktab hamda bog‘chalarda yangi o'quv yiliga ko'rilayotgan tayyorgarlik, ta'lim sifatini yaxshilash, obodonlashtirish, pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish, xorijiy va milliy sertifikatlar olish hamda boshqa bir qator masalalar yuzasidan bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar muhokama etilmoqda.