YANGI O'QUV MARKAZI ISHGA TUSHISH ARAFASIDA
Pastdarg‘om tumanida IT, raqamli texnologiyalar va AKT sohalariga alohida e'tibor qaratilib, bu borada tizimli ishlar yo'lga qo'yilgan.
Bir muddat avval tuman hokimi Sh.Rahmonov yosh dasturchilar, tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining informatika va AT fani o‘qituvchilari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazgani xususida xabar qilgan edik.
Unda tumanimizda IT markazlarini ko'paytirish, yoshlarga raqamli texnologiyalar bilan ishlash borasida mukammal ta'lim tizimini yo'lga qo'yish masalalari ilgari surilib, bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olingani ham sizlarga ma'lum.
Bugun ushbu xususidagi ishlar natijasi o'laroq, Oltiqahramon mahallasida yangi o'quv markazi ishga tushish arafasida.
60 o'ringa mo'ljallangan ushbu maskan IT, logistika, Web dasturlash, kompyuter savodxonligi va grafikasi, xorijiy tillar kabi yo'nalishlari bo'yicha mukammal ta'lim berishga moslashtirilmoqda.
Zamon talablariga mos ravishda jihozlanayotgan va malakali mutaxassislar jalb qilinayotgan o'quv markazini tez kunlarda ishga tushirish rejalashtirilgan.