insurez
08-08-2025 18:11

YANGI LOYIHALAR BILAN YANGI IMKONIYATLAR SARI


Joriy yilning may oyida Pastdarg‘om tuman Kamolot mahallasi Kimyogarlar qo‘rg‘onida xatlov ishlari olib borilib, 107 ta foydalanilmasdan turgan bo‘sh obyektlar aniqlandi va ularni ishga turishish, kam quvvatda ishlayotgan korxonalar faoliyatini yaxshilash maqsadida "Bo‘sh turgan binolardan samarali foydalanishni tashkil etish bo‘yicha" doimiy Shtab tashkil etilgani xususida xabar qilgan edik.

O‘tgan davr mobaynida viloyat va tuman tashkilotlari tomonidan qonun doirasidagi barcha ko‘maklar ko‘rsatilishi natijasida bo‘sh va samarasiz foydalanilayotgan obyektlarning 96 tasiga loyihalar ishlab chiqildi.

Loyiha ishlab chiqilgan tadbirkorlik subyektlarining ayni vaqtga qadar 25 tasida amaliy ishlar boshlab yuborilgan bo‘lsa, 5 tasida loyihaning birinchi bosqichlari ishga tushishga ham ulgurdi.

Tuman hokimi Sh.Rahmonov tegishli masʼullar ishtirok etgan navbatdagi uchrashuvda, shtab aʼzolari va tegishli masʼullar bilan bugungi kunga qadar amalga oshirilgan ishlar, kelgusidagi rejalar yuzasidan tahliliy muhokama o‘tkazildi.

Shuningdek, har bir korxonaning loyihalari va maqsadlari bilan tanishish barobarida, muammo, takliflari hamda ularning yechimlari yuzasidan fikr almashildi.

Shundan so‘ng, tumanning Kamolot mahallasidagi 1 gektar yer maydonida "Turon Eng" MCHJ xorijiy korxonasi tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobiga qiymati 2 million dollarlik "Ko‘mirni saqlash va qayta ishlashni tashkil etish" loyihasini amalga oshirish bo‘yicha xorijiy investorlar bilan muzokara o‘tkazildi.

Muzokara davomida har ikkala tomon ham loyiha borasidagi o‘z taklif va mulohazalarini bildirib, kelgusidagi maqsadlarni belgilab oldi.

Maʼlumot uchun, loyiha ishga tushishi natijasida yiliga 100 ming tonna ko‘mir qayta ishlanadi hamda 40 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Teglar
- -