YANA BIR YIRIK INVESTOR TUMANIMIZDA
Xabaringiz bor, tegishli qarorga ko‘ra, tumanimizdagi Mirzatup mahallasi hududida renovatsiya dasturi asosida zamonaviy ko‘p qavatli majmualar barpo etilishi belgilangan bo‘lib, ushbu loyihaga ko‘plab investorlar qiziqish bildirmoqda.
O‘zaro hamkorlik loyihalarini amalga oshirish maqsadida tumanimizda bo‘lib turgan yana bir xitoylik investor mazkur hududga investitsiya kiritish niyatida.
Tuman hokimi Sh.Rahmonov tegishli o‘rinbosar va mutasaddilar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda, Fuszyan provinsiyasida joylashgan “Fujian Junda assembly materials” so., LTD bosh direktori janob Yang Junren ushbu taklifni ilgari surdi.
Yirik investor Mirzatup mahallasidan har tomonlama qulay, zamon talablari va xalqaro normalarga javob beradigan ko‘p qavatli turar joy majmualarini barpo etish bilan birga, tumanimiz hududidan yana qurilish materiallari, jumladan, kapsulali uylar, yengil metalla konstruksiyalar, kompozit va dekorativ bloklar, shisha mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasini ham amalga oshirish istagini bildirdi.
Shuningdek, shaharsozlik meʼyorlari, qurilish sifati va talablari, fuqarolar uchun qulayliklar kabi masalalar xususida muzokaralar olib borildi.
Mazkur loyihalar bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishilib, qonun doirasida ish olib borish hamda tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish belgilandi.