insurez
24-03-2025 17:26

YANA BIR TUMANDOSHIMIZ XALQARO TANLOV G‘OLIBI


Xabaringiz bor, yaqinda iqtidorli va ijodkor yoshlarni aniqlash va munosib taqdirlash maqsadida "Yuksak xizmatlari uchun" 1-tur ilmiy-amaliy xalqaro tanlovi o‘tkazildi.

Rossiya Federatsiyasi va O‘rta Osiyo davlatlari vakillari ishtirok etgan tanlovda yurtdoshlarimiz ham yuqori o‘rinlarga loyiq ko‘rilgani va ular orasida pastdarg‘omlik isteʼdod egalari ham borligi xususida xabar qilgan edik.

Jumladan, Pastdarg‘om tuman 32-son Bolalar musiqa va sanʼat maktabining xoreografiya sinfi o‘qituvchisi Mavjuda Xushbaqova ham ushbu xalqaro tanlovda 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Toshkent Davlat Agrar Unversitetida o‘tkazilgan taqdirlash marosimida tumandoshimizga maxsus ko‘krak nishoni hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Teglar
- -