XOTIN-QIZLAR FAOLLARI MUBORAKBOD ETILDI
Odatda ayolni bahorga, bahorni esa ayolga qiyoslashadi. Yurtimiz ham, jamiyatimiz ham ular bilan go‘zaldir.
Tuman hokimligida mahallalarda faoliyat ko‘rsatayotgan xotin-qizlar faollari uchun bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Unda, hokim o‘rinbosarlari barchani bayram munosabati bilan samimiy tabriklab, tumanimiz ravnaqi yo‘lida qo‘shayotgan beqiyos hissasi uchun minnatdorlik bildirdi.
Shu qatorda, mehr-muhabbat, sadoqat timsoli bo‘lgan go‘zallik sohibalariga sovg‘alar ulashildi.




