XORIJIY TILLARNI O‘QITISH BO‘YICHA ENG YAXSHI MAKTAB TANLOVI O‘TKAZILMOQDA
Respublikamizning barcha hududlarida Maktabgacha va maktab taʼlimi Vazirligi tomonidan Prezident sovrini uchun “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Jumladan, Pastdarg‘om tumanidagi 126-umumiy o‘rta taʼlim maktabida ham mazkur tanlovning tuman bosqichi o‘tkazildi.
Musobaqada 55 ta maktabdan tashrif buyurgan jami 275 nafar iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etib, o‘zaro bellashdi.
Taʼkidlash joizki, mazkur tanlovda g‘olib deb topilgan va kuchli 3 talik safidan o‘rin olgan maktablar jamoalari mos ravishda 100 million so‘m (1-o‘ringa), 75 million so‘m (2-o‘ringa) va 50 million so‘m (3-o‘ringa) miqdorida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrinini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ladilar.
Biz tanlovning barcha ishtirokchilariga omad tilib qolamiz.