Xorijiy davlatlarga ishga ketgan fuqarolarning yaqinlari bilan suhbat
🔘 Pastdarg’om tumani hokimi Vahobjon Murodqobilov xonadonma-xonadon yurib, ayni paytda xorijiy davlatlarga ishga ketgan fuqarolarning yaqinlari bilan suhbat o’tkazdi.
Tuman hokimi suhbatlar davomida fuqarolarimiz xorijda qanday ishlar bilan shug’illanoyotgani, u erdagi yashash sharoiti va boshqalar haqida qiziqdi. Shuningdek, agar xorijda yurgan yaqinlari ish topolmay, kam daromadli ishlarda ishlayotganlar bo’lsa, shu erda bandligi ta’minlanishi ma’lum qildi.